Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada o‘zbekistonlik ishchilar norozilik aksiyasi uyushtirdi
Rossiyaning Tyumen oblasti Tobolsk shahrida norozilik aksiyasi uyushtirgan o‘zbekistonliklarning ish beruvchisi hisoblangan 6 tashkilot javobgarlikka tortildi. Bu haqda Ura.ru xabar qilmoqda.
Tyumen oblasti prokuraturasi «Sibur» obekti hisoblangan «ZapSibNeftexim» qurilish uchastkasidagi tartibsizliklar bilan bog‘liq vaziyatni tekshiruvdan o‘tkazdi.
Gap Moskva firmalarining subpudratchilari «Den-Stroy», «Istoch-Konstrakshn», «Elay-Stroy», pudratchi «Reneyssans Xevi Indastris», yuqorida ko‘rsatilgan «ZapSibNeftexim» va «TransAvto» haqida ketmoqda.
O‘zbekistonlik ishchilar kaskalarini yechib, asfaltga o‘tirib olgan va rahbariyatdan ro‘y bergan buzilishlar to‘g‘risida hisobot berishni talab qilgan.
O‘zbekistonliklarga ikkita maoshning o‘rniga bitta ish haqi to‘langan, tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ishlar kechiktirilgan, yetarlicha avtobus taqdim etilmagan, natijada bu noqulay mehnat sharoitlari, sog‘liq bilan bog‘liq muammolar, kech kelganlik uchun jarimalarga olib kelgan.
Shuningdek, aksiya tashabbuskorlariga tanbeh bergan tojikistonlik va ro‘y berayotgan holatni telefonga olgan qirg‘izistonlik ishchi bilan mushtlashuv yuz bergan.
Norozilik aksiyasida 300ga yaqin kishi ishtirok etgan. Tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid
08:45
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
20:34 / 08.06.2026
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
18:06 / 08.06.2026