O‘zbekiston | 11:40 / 29.07.2018
3955
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda AQSh biznes haftaligi o‘tkaziladi

Foto: UzReport

2018 yilning 27 iyul kuni AQShda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Vashington shahrida AQSh Davlat kotibining birinchi o‘rinbosari Jon Sallivan bilan uchrashdi. Bu haqda TIV Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuvda turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Ma'lum qilinishicha, suhbatda shu yilning kuzida O‘zbekistonda AQSh bipnes haftaligini o‘tkazish to‘g‘risidagi tashabbus qo‘llab-quvvatlandi.

Davlat kotibining birinchi o‘rinbosari AQSh ma'muriyati nomidan Afg‘onistondagi tinchlik jarayoni ta'minlash va ushbu davlat xalqini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha sa'y-harakatlari uchun O‘zbekiston hukumatiga minnatdorlik bildirdi.

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid