Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FHDYo bo‘yicha ayrim qarorlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish portalida Vazirlar Mahkamasining “ O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
O‘zbekiston Respublika hukumatining ayrim qarorlariga kiritilishi mo‘ljallangan o‘zgartirish va qo‘shimchalar:
1. Vazirlar Mahkamasining “Gerbli guvohnomalar shakllarini va ularni berganlik uchun gerb yig‘imi miqdorini tasdiqlash to‘g‘risida”2012 yil 25 apreldagi 119-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012 y., 17-son, 193-modda) 6-bandida:
uchinchi xatboshidagi “85” raqami “51” raqami bilan almashtiriladi;
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldiriladi:
“34 foizi – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining maxsus tashkil qilinadigan g‘aznachilik shaxsiy hisobvarag‘iga yo‘naltiriladi va faqat FHDYo bo‘limlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha tadbirlari, xodimlarining uzoq muddat xizmat qilgani uchun ish haqiga ustama haq to‘lash va martaba darajalari uchun qo‘shimchalariga, shuningdek, ularni moddiy rag‘batlantirish (lavozim maoshining va mukofotlarning 100 foizi miqdorigacha shaxsiy ustamalar) tadbirlariga yo‘naltiriladi.”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari boshqaruv apparatlari to‘g‘risidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida” 2016 yil 27 apreldagi 123-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016 y., 17-son, 177-modda):
a) 1-ilovada:
6-band quyidagi mazmundagi o‘n ikkinchi xatboshi bilan to‘ldiriladi:
“tuman (shahar) hokimliklarining fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlari va nikoh uylari faoliyati ustidan umumiy rahbarlikni amalga oshirish, oilalarni mustahkamlash, tug‘ilish va nikohni qayd etish masalalaridagi faoliyatini muvofiqlashtirib borish;”;
o‘n ikkinchi – o‘n to‘rtinchi xatboshilar tegishli ravishda o‘n uchinchi – o‘n beshinchi xatboshilar deb hisoblanadi;
16-bandning “ye” kichik bandi quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldiriladi:
“oilani mustahkamlash, ajrimlarning oldini olish, tug‘ilish va nikohni o‘z vaqtida qayd etish, targ‘ibot va ma'rifat bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘rish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish hamda nazoratini olib borish.”;
oltinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblanadi;
b) 2-ilovada:
6-band quyidagi mazmundagi o‘ninchi xatboshi bilan to‘ldiriladi:
“fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlari va nikoh uylari (keyingi o‘rinlarda FHDYo bo‘limlari deb ataladi) faoliyati ustidan umumiy rahbarlikni amalga oshirish, oilalarni mustahkamlash, tug‘ilish va nikohni qayd etish, targ‘ibot ishlarini olib borish;”;
o‘ninchi – o‘n ikkinchi xatboshilar tegishli ravishda o‘n birinchi – o‘n uchinchi xatboshilar deb hisoblanadi;
17-bandda:
to‘rtinchi xatboshi “rahbarlari va mutaxassislarini” so‘zlaridan keyin “, shuningdek FHDYo bo‘limlari xodimlarini” so‘zlari bilan to‘ldiriladi;
o‘ninchi xatboshi “hokimlik apparati” so‘zlaridan keyin “hamda FHDYo bo‘limlari” so‘zlari bilan to‘ldiriladi;
o‘n birinchi xatboshi “boshqaruv kadrlari” so‘zlaridan keyin “, FHDYo bo‘limlari xodimlari” so‘zlari bilan to‘ldiriladi;
v) 3-ilovada:
6-band quyidagi mazmundagi o‘ninchi xatboshi bilan to‘ldiriladi:
“fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlari va nikoh uylari (keyingi o‘rinlarda FHDYo bo‘limlari deb ataladi) faoliyati ustidan umumiy rahbarlikni amalga oshirish, oilalarni mustahkamlash, tug‘ilish va nikohni qayd etish, targ‘ibot ishlarini olib borish;”;
o‘ninchi – o‘n ikkinchi xatboshilar tegishli ravishda o‘n birinchi – o‘n uchinchi xatboshilar deb hisoblanadi;
17-bandda:
to‘rtinchi xatboshi “rahbarlari va mutaxassislarini” so‘zlaridan keyin“, shuningdek FHDYo bo‘limlari xodimlarini” so‘zlari bilan to‘ldiriladi;
o‘ninchi xatboshi “hokimlik apparati” so‘zlaridan keyin “hamda FHDYo bo‘limlari” so‘zlari bilan to‘ldiriladi;
o‘n birinchi xatboshi “boshqaruv kadrlari” so‘zlaridan keyin “, FHDYo bo‘limlari xodimlari” so‘zlari bilan to‘ldiriladi.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari haqida” 2018 yil 31 yanvardagi 70-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018 y., 1-son, 26-modda):
a) 2-bandning beshinchi xatboshisidagi “boshqarmalari va davlat xizmatlari markazlari” so‘zlari “boshqarmalari, davlat xizmatlari markazlari va fuqarolik holati dalolatnomalari yozish arxivlari” so‘zlari bilan almashtiriladi;
b) 1-ilovada:
quyidagi mazmundagi 91-band bilan to‘ldiriladi:
“91. Hududiy boshqarmalar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (keyingi o‘rinlarda FHDYo deb ataladi) arxivlari yuridik shaxs hisoblanmaydi, mol-mulkka, xo‘jalik yurituvida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lmaydi.
FHDYo arxivlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhr va blankalarga ega bo‘ladilar.”;
11-band quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldiriladi:
“FHDYo arxivlari.”;
12-band quyidagi mazmundagi 7-kichik band bilan to‘ldiriladi:
“7) FHDYo arxivlariga rahbarlik qilish, FHDYo bo‘limlarida huquqni qo‘llash amaliyotini muvofiqlashtirish.”;
13-band quyidagi mazmundagi 7-kichik band bilan to‘ldiriladi:
“7) FHDYo arxivlariga rahbarlik qilish, FHDYo bo‘limlarida huquqni qo‘llash amaliyotini muvofiqlashtirish sohasida:
FHDYo arxivlari faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
FHDYo bo‘limlarida huquqni qo‘llash amaliyotini muvofiqlashtirib boradi;
FHDYo bo‘limlari faoliyatini metodik ta'minlashni amalga oshiradi;
“FHDYoning yagona elektron arxivi” axborot tizimini texnik ta'minlash va yuritishni amalga oshiradi;
FHDYo sohasini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi.”;
15-bandda:
3-kichik banddagi “boshqarmalar va davlat xizmatlari markalari” so‘zlari “boshqarmalar, davlat xizmatlari markazlari va FHDYo arxivlari” so‘zlari bilan almashtiriladi;
quyidagi mazmundagi 31-kichik band bilan to‘ldiriladi:
“31) “FHDYoning yagona elektron arxivi” axborot tizimini texnik ta'minlash va yuritish;”;
4-kichik banddagi “boshqarmalar va davlat xizmatlari markazlari” so‘zlari “boshqarmalar, davlat xizmatlari markazlari va FHDYo arxivlari” so‘zlari bilan almashtiriladi;
16-bandda:
1-kichik banddagi “boshqarmalar hamda davlat xizmatlari markazlari” so‘zlari “boshqarmalar, davlat xizmatlari markazlari hamda FHDYo arxivlari” so‘zlari bilan almashtiriladi;
4-kichik banddagi “boshqarmalar va davlat xizmatlari markazlari” so‘zlari “boshqarmalar, davlat xizmatlari markazlari va FHDYo arxivlari” so‘zlari bilan almashtiriladi;
10-kichik banddagi “boshqarmalar hamda davlat xizmatlari markazlari” so‘zlari “boshqarmalar, davlat xizmatlari markazlari hamda FHDYo arxivlari” so‘zlari bilan almashtiriladi;
11-kichik banddagi “markazlariga” so‘zi “markazlari va FHDYo arxivlariga” so‘zlari bilan almashtiriladi;
16-kichik banddagi “boshqarmalar va davlat xizmatlari markazlarini” so‘zlari “boshqarmalar, davlat xizmatlari markazlari va FHDYo arxivlarini” so‘zlari bilan almashtiriladi;
17-bandda:
quyidagi mazmundagi 21-kichik band bilan to‘ldiriladi:
“21) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Juqorg‘i Kengesi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimliklari bilan FHDYo sohasida hamkorlik qilish;”;
4-kichik banddagi “markazlarida” so‘zi “markazlari hamda FHDYo arxivlarida” so‘zlari bilan almashtiriladi;
quyidagi mazmundagi 51-kichik band bilan to‘ldiriladi:
“51) FHDYo arxivlariga rahbarlik qilish;”;
18-bandda:
2-kichik band “markazlari” so‘zidan keyin “va FHDYo arxivlari” so‘zlari bilan to‘ldiriladi;
3-kichik band quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“3) davlat xizmatlari markazlari hamda FHDYo arxivlari faoliyati ustidan rahbarlik va nazoratni amalga oshiradi;”;
4-kichik band “tizimini” so‘zidan keyin “, shuningdek FHDYo organlari faoliyatini” so‘zlari bilan to‘ldiriladi;
5–6-kichik bandlar “markazlari” so‘zlaridan keyin “va FHDYo arxivlari” so‘zlari bilan to‘ldiriladi;
20-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“hududiy boshqarmalar, davlat xizmatlari markazlari va FHDYo arxivlari bilan birgalikda Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta'minlash uchun javobgardir.”;
23-band quyidagi mazmundagi o‘ninchi va o‘n birinchi xatboshilar bilan to‘ldiriladi:
“FHDYo bo‘limlarining davlat xizmatlari sohasidagi faoliyatini o‘rganish;
FHDYo arxivlari faoliyatini o‘rganish;”;
o‘ninchi – o‘n ikkinchi xatboshilar tegishli ravishda o‘n ikkinchi – o‘n to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblanadi;
25-bandda:
21-kichik band “markazlari” so‘zidan keyin “hamda FHDYo arxivlari” so‘zlari bilan to‘ldiriladi;
quyidagi mazmundagi 271-kichik band bilan to‘ldiriladi:
“271) FHDYo arxivlari mudirlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etishni kelishish;”;
28-kichik band “markazlari” so‘zidan keyin “va FHDYo arxivlari” so‘zlari bilan to‘ldiriladi;
27-bandda:
3-kichik banddagi “boshqarmalar va davlat xizmatlari markazlari” so‘zlari “boshqarmalar, davlat xizmatlari markazlari va FHDYo organlari” so‘zlari bilan almashtiriladi;
8–9-kichik bandlardagi “boshqarmalar va davlat xizmatlari markazlari” so‘zlari “boshqarmalar, davlat xizmatlari markazlari va FHDYo organlari” so‘zlari bilan almashtiriladi;
28-bandda:
2-kichik band quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“2) hududiy boshqarmalar, davlat xizmatlari markazlari va FHDYo arxivlari faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari, boshqa qonun hujjatlari, adliya vaziri buyruqlari va Direktor buyruqlari bilan ularga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;”;
quyidagi mazmundagi 91-kichik band bilan to‘ldiriladi:
“91) belgilangan tartibda FHDYo organlarida kadrlar masalalarini hal etishda ishtirok etish;”;
17-kichik band “markazlari” so‘zidan keyin “va FHDYo arxivlari” so‘zlari bilan to‘ldiriladi;
35-bandning 4-kichik bandida:
uchinchi xatboshidagi “boshqarmalari va davlat xizmatlari markazlarining” so‘zlari “boshqarmalari, davlat xizmatlari markazlari va FHDYo arxivlarining” so‘zlari bilan almashtiriladi;
beshinchi xatboshi “Agentlik xodimlariga” so‘zlaridan keyin“, shuningdek FHDYo bo‘limlari xodimlariga” so‘zlari bilan to‘ldiriladi;
38-bandning to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“hududiy boshqarmalar boshqaruv xodimlari hamda FHDYo arxivlari mudirlari – Agentlik bilan kelishgan holda hududiy boshqarmalar boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi;
hududiy boshqarmalarning texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari, shuningdek davlat xizmatlari markazlari xodimlari va FHDYo arxivlari arxivariuslari – hududiy boshqarmalar boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi.”;
7-bobning 2-paragrafi nomidagi “boshqarmalar va davlat xizmatlari markazlari” so‘zlari “boshqarmalar, davlat xizmatlari markazlari va FHDYo arxivlari” so‘zlari bilan almashtiriladi;
39-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“39. Agentlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalarining hududiy boshqarmalar, davlat xizmatlari markazlari va FHDYo arxivlari bilan o‘zaro hamkorligi Agentlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari tomonidan ta'minlanadi.
Agentlik markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari hududiy boshqarmalar, davlat xizmatlari markazlari va FHDYo arxivlari bilan o‘z faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlik qilib:
1) topshiriqlarni hududiy boshqarmalar, davlat xizmatlari markazlari va FHDYo arxivlariga yetkazadi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi;
2) hududiy boshqarmalar, davlat xizmatlari markazlari va FHDYo arxivlariga tarkibiy bo‘linmalarning bevosita faoliyati masalalari bo‘yicha so‘rovlar yuboradi hamda ularning ijro etilishini nazorat qiladi;
3) hududiy boshqarmalar, davlat xizmatlari markazlari va FHDYo arxivlari faoliyati amaliyotini tekshiradi va o‘rganadi, umumlashtiradi, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;
4) hududiy boshqarmalar, davlat xizmatlari markazlari va FHDYo arxivlari faoliyatini tashkil etish va faoliyati natijalari to‘g‘risida hisobot va axborot materiallari, statistika ma'lumotlari va boshqa ma'lumotlar o‘rganilishini tashkil etadi;
5) hududiy boshqarmalar, davlat xizmatlari markazlari va FHDYo arxivlari ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirishga doir chora-tadbirlar ko‘radi;
6) hududiy boshqarmalar, davlat xizmatlari markazlari va FHDYo arxivlaridan tushgan takliflarni ko‘rib chiqadi;
7) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda hududiy boshqarmalar, davlat xizmatlari markazlari va FHDYo arxivlari ishtirokini tashkil etadi, davlat xizmatlari ko‘rsatish va FHDYo sohalarida qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha ulardan tushgan takliflarni ko‘rib chiqadi.”;
quyidagi mazmundagi 401-band bilan to‘ldiriladi:
“401. FHDYo arxivlari Agentlik markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari va hududiy boshqarmalar bilan hamkorlik qiladi, shu jumladan:
1) Agentlik rahbariyati va hududiy boshqarmalar topshiriqlari ijrosi haqida axborot beradi;
2) FHDYo sohasida qonun hujjatlarini amalga oshirish bo‘yicha faoliyat natijalari to‘g‘risida hududiy boshqarmalarga axborot taqdim etadi;
3) ularning faoliyatini tekshirish va o‘rganish natijasida aniqlangan ishdagi kamchiliklarni va qonun buzilishlarini bartaraf etish natijalari to‘g‘risida ma'lumot beradi;
4) o‘z ishi natijalari to‘g‘risidagi hisobotlarni belgilangan tartibda va muddatlarda hududiy boshqarmalarga taqdim etadi;
5) FHDYo sohasidagi muammolarini hal qilishga qaratilgan takliflarni Agentlikning markaziy apparati va hududiy boshqarmalarga yuboradi;
6) vakolatli organlar tomonidan o‘tkazilgan o‘z faoliyatini tekshirish natijalari to‘g‘risida xabar beradi.”;
41-banddagi “boshqarmalar va davlat xizmatlari markazlarining” so‘zlari “boshqarmalar, davlat xizmatlari markazlari va FHDYo arxivlarining” so‘zlari bilan almashtiriladi;
quyidagi mazmundagi 471-band bilan to‘ldiriladi:
“471. FHDYo arxivlari quyidagi manbalardan moliyalashtiriladi:
xodimlar mehnatiga haq to‘lash – Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjyeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjyetlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga;
moddiy-texnik bazani shakllantirish va mustahkamlash, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish, xodimlarga martaba darajalari hamda uzoq muddatli xizmati uchun ustamalar va qo‘shimcha haq to‘lash, “FHDYoning yagona elektron arxivi” axborot tizimini yuritish – Adliya vazirligining maxsus g‘aznachilik shaxsiy hisobvarag‘iga gerb yig‘imidan tushadigan mablag‘lar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.”;
49-bandda:
beshinchi va sakkizinchi xatboshilardagi “boshqarmalari va davlat xizmatlari markazlari” so‘zlari “boshqarmalari, davlat xizmatlari markazlari va FHDYo arxivlari” so‘zlari bilan almashtiriladi;
o‘ninchi xatboshidagi “boshqarmalari va davlat xizmatlari markazlarning” so‘zlari “boshqarmalari, davlat xizmatlari markazlari va FHDYo arxivlarining” so‘zlari bilan almashtiriladi;
52-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldiriladi:
“Agentlik direktori mazkur Nizomning 471-bandi uchinchi xatboshisida ko‘rsatilgan mablag‘lar yetarli bo‘lmaganda Agentlikning byudjyetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘larini 471-bandi uchinchi xatboshisida ko‘rsatilgan maqsadlarga yo‘naltirish huquqiga ega.”;
53-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“Davlat xizmatlari markazlari xodimlari va FHDYo arxivlari mudirlari lavozim maoshlariga qonun hujjatlarida belgilangan ustamalar (mehnatni rag‘batlantirish koeffitsiyenti) miqdori, mukofotlash va moddiy yordam ko‘rsatish shartlari bo‘yicha tegishli ravishda Agentlikning hududiy boshqarmalari bo‘limlari xodimlari hamda bo‘lim boshliqlariga tenglashtiriladi.”.
Mavzuga oid
18:34 / 26.04.2026
“Dacha”larning elektron bazasini yaratish va ijara narxlarini nazorat qilish rejalashtirilmoqda
09:35 / 01.04.2026
Mobil tariflarga yangi talablar joriy etilishi mumkin
08:11 / 18.03.2026
Bitiruvchilar uchun 3 yil ishlab berish talabi bekor qilinishi mumkin
11:59 / 17.12.2025