Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbek razvedkachilari xalqaro musobaqada ikkinchi o‘rinda ketishmoqda
2018 yil 29 iyul kuni “Xalqaro armiya o‘yinlari - 2018” doirasida bo‘lib o‘tayotgan “Qo‘shin razvedkasi a'lochilari” musobaqasining 1 bosqichidan keyin o‘zbekistonlik harbiylar ikkinchi bo‘lib ketishyapti. Bu haqda Kun.uz’ga Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Unda razvedkachilar “Mi-8” vertolyotidan parashyut yordamida desant bo‘lib tushishi hamda belgilangan yig‘ilish punktiga chiqish amaliyotini bajarishlari lozim. Shundan so‘ng ishtirokchilar yashirib qo‘yilgan yukni topishlari, maxfiy ma'lumotni shtabga yuborishlari va 15 kilometr masofani bosib o‘tishlari, shuningdek, birgalikda tuzoq tashkillashtirishlari kerak.

Qo‘shin razvedkachilari, shuningdek, haydovchi-mexaniklar tayyorgarligi va otish mashqlarini bajarib, “Razvedkachi yo‘lagi” kabi to‘siqlarni bosib o‘tishi kerak bo‘ladi.
30 iyul kuni razvedka guruhlari “dushman” bilan to‘qnashish ehtimoli mavjud sharoitda azimutlar (yoki topografik xarita) bo‘yicha harakatlangan va barcha nazorat nuqtalarini butun tarkibda o‘tgan holda 10-15 km.ga marsh-brosokni uyushtirgan.

Razvedka guruhi mutaxassisi kichik serjant Sardor Mamarasulov tomonidan “Safdoshlarining kayfiyati jangovar, guruh O‘zbekiston hududida munosib tayyorgarlikdan o‘tdi, musobaqada o‘tgan yilgi ishtirokining tajribasidan kelib chiqqan holda bu yil ham yuqori natijalarni ko‘rsatish niyatida ekani” ta'kidlandi.

Har bir razvedka jamoasi jamoa rahbari va sardori, 10 kishidan iborat razvedkachilar guruhi, 2 zaxira ishtirokchi, 2 murabbiy, ta'minot guruhidan 3 kishi va texnik ta'minot guruhidan 3 kishidan tashkil topgan.

Xalqaro musobaqaning “Qo‘shin razvedkasi a'lochilari” tanlovi Rossiyaning Koltsovo yaqinidagi Novosibirsk oliy harbiy qo‘mondonlik bilim yurti poligoni bazasida o‘tkazilmoqda. Unda Rossiya, Belorussiya, Qozog‘iston, Armaniston, O‘zbekiston, Xitoy, Zimbabve va Sudanning eng sara qo‘shin razvedkachilari o‘zaro kuch sinashmoqda. Filippin va Hindiston vakillari bu tanlovda kuzatuvchi sifatida ishtirok etmoqda.

Mavzuga oid
14:37 / 21.03.2026
O‘zbekistonlik harbiylar AQShda o‘tkazilgan musobaqada rekord natija qayd etishdi
10:50 / 18.09.2025
O‘zbekiston merganlari xalqaro musobaqada g‘alaba qozondi
12:30 / 10.02.2025
Yaponiyada an’anaviy bekinmachoq o‘yini uchun 100 nafar ishtirokchi qidirilmoqda
00:32 / 18.08.2024