O‘zbekiston | 10:15 / 31.07.2018
3801
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasini tashkil etish taklif qilinmoqda 

Foto: Sputnik

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasini tashkil etish haqida petitsiya paydo bo‘ldi.

Mustaqillikkacha O‘zbekistonda sobiq ittifoq Qishloq xo‘jalik fanlari akademiyasining O‘rta Osiyo bo‘limi faoliyat ko‘rsatar edi. Bu ilmiy dargoh nafaqat mamlakatda, balki Markaziy Osiyo respublikalaridagi ilmiy-tadqiqot institutlari, konstruktorlik byurolari, tajriba zavodlari, mashina sinash va tajriba qilish stansiyalarining ishiga rahbarlik qilardi. O‘sha davrda qishloq xo‘jaligi sohasida erishilgan yutuqlarda ushbu ilmiy markazning munosib hissasi bor edi. O‘zbekiston mustaqil bo‘lgach, O‘rta Osiyo bo‘limi o‘rnida O‘zbekiston qishloq xo‘jalik fanlari akademiyasi tashkil etildi. 6 yil o‘tgach, akademiya tugatilib, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga bo‘ysunuvchi “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi” shaklidagi boshqarmaga aylantirildi. Ammo bu qishloq xo‘jaligi sohasida katta o‘zgarishlarga olib kelmadi, deyiladi murojaatda.

“Mamlakatimiz iqtisodiyotining yetakchi tarmog‘i hisoblangan qishloq xo‘jaligini ilmiy asosda tashkil etish bugungi kunning dolzarb vazifasiga aylanmoqda. Yuqorida aytilgan fikrlarga asoslanib, mamlakatimizdagi mavjud ilmiy-ishlab chiqarish bazasi negizida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasini tashkil etishni taklif qilamiz”, - deb yozadi petitsiya muallifi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid