Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh senatida Rossiyaga qarshi barcha sanksiyalarni «muvofiqlashtirish» taklif qilindi
Foto: Ivan Sekretarev/AP
Amerikalik senatorlar Rossiyaga qarshi sanksiyalar to‘g‘risidagi yangi qonun loyihasini ishlab chiqdilar, deya xabar beradi «Kommersant'».
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, hujjat turli aktlar bilan joriy etilgan Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yagona mexanizmga birlashtirishni taklif qiladi. Shu maqsadda ham «siyosiy», ham «iqtisodiy» sanksiyalarni nazorat qiladigan, shuningdek, ularni joriy etishni muvofiqlashtiradigan va Yevropa ittifoqi bilan qo‘llab-quvvatlaydigan maxsus «muvofiqlashtirish ofisi»ni tashkil etish taklif qilingan.
Bundan tashqari, qonun loyihasida AQShda operatsiyalarni taqiqlash va allaqachon sanksiyalar ostida bo‘lgan Rossiya bank tuzilmalarining aktivlarini muzlatish talabi mavjud.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Medvedev Rossiya AQSh bilan qanday shartda hamkorlik qilishini aytgandi.
Mavzuga oid
23:17 / 23.05.2026
AQShning Kiyevdagi elchixonasi Ukrainaga keng ko‘lamli hujum bo‘lishi haqida ogohlantirdi
14:50 / 23.05.2026
Narkotuzoq, urush va tirik qolish uchun kurash – Luhansk va Donetskdan qaytgan ikki yigit hikoyasi
10:04 / 23.05.2026
AQSh Milliy razvedkasi rahbari iste’foga chiqdi
09:58 / 23.05.2026