Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Muvaffaqiyatga sabab bo‘ladigan 8 shaxsiy jihat yuqori IQ’dan muhim
Ko‘pchilik aqlli va mehnatkash odamlar, albatta, muvaffaqiyatga erishishiga ishonishadi. Biroq, aslida, aql darajasi muvaffaqiyatingizga bog‘liq bo‘lgan asosiy omil emas. Muhim rol o‘ynaydigan yana bir jihat mavjud.
O‘qimishlilik sizga ko‘p narsaga erishishda yordam beradi, aslida hissiy intellekt yetuk aqliy qobiliyatlarga qaraganda muhimroq.
Griffit universiteti katta ma'ruzachisi doktor Artur Poropat, shaxsga xos bo‘lgan besh omil – vijdonlilik, ochiqlik, hissiy barqarorlik, ekstraversiya va mo‘min-qobillikni o‘rgandi. Aniqlanishicha, mazkur jihatlar yaxshi rivojlangan talabalarning a'lo baho olish imkoniyati IQ darajasi yuqori bo‘lganlarga qaraganda ko‘proq.
Karnegi-Mellonning yana bir tadqiqoti natijalariga ko‘ra, gap moliya haqida borganida hissiy intellekt odatiy aqlga qaraganda muvaffaqiyatning muhimroq omili sanaladi. Moliyaviy muvaffaqiyat 85 foiz - o‘zaro muloqot qila olish, 15 foiz – texnik bilimlarga bog‘liq bo‘ladi. Bularning bari odamlar o‘zlari ishongan insonlar bilan biznes yuritishga intilishlari bilan izohlanadi.
Demak, quyidagi jihatlar muvaffaqiyat imkoniyatiga ko‘proq ta'sir ko‘rsatadi:
Shaxsiy nazorat
Agar hissiyotlaringizni to‘g‘ri boshqara olsangiz, demak salbiy vaziyatlarda o‘zingizni ongli holda nazorat qilasiz. Dastlab o‘ylang, keyin bajaring – bu maslahat hayotning istalgan sohasida asqatadi.
Shaxsiy rivojlanish qoidasi
Bunday qoidaga ega odamlar mashaqqat va sinovlarga ishtiyoq bilan munosabatda bo‘lishadi. Ular o‘z kuchiga astoydil ishonibgina qolmay, aqliy salohiyat darajasi pastroq bo‘lsa-da, bunday qoidaga ega bo‘lmaganlarga qaraganda samaraliroq ishlaydi.
Qat'iylik
O‘z xatolarini to‘g‘rilashni eplolmaslik – salbiy jihat. Qat'iy odamlar ular kutmagan biror narsa sodir bo‘lsa, tushkunlikka tushishmaydi – xatolarini tan olib, uning yechimini izlashadi.
Ishtiyoq
Ishga nisbatan ishtiyoq muvaffaqiyat sari harakatlanishga yordam beradi. Biror sohada muvaffaqiyatga intilishning o‘zi yetarli emas. Haqiqatan ham natijaga erishish istagi bo‘lsa, o‘z ishini sevish kerak.
Empatiya
Mijoz yoki hamkasbning vaziyatiga “kirish” ishonchni oshirib, zo‘riqishni kamaytiradi. “Men sizning fikringizni tushunaman” va “siz nohaqsiz” so‘zlari orasida farq bor va u – empatiya.
Vijdonlilik
Vijdonli odamlar intizomli bo‘lishadi va barini oldindan rejalashtirishadi. Ular o‘zlarini barcha zaruriy bilimga ega deb hisoblashmaydi va vazifalarini tartibli bajarishga harakat qilishadi.
Ijtimoiylik
Siz asosiy ishingizdan ajralmagan holda netvorking bilan shug‘ullana olasiz, jamoada ishlash va odamlarni bir-biri bilan tanishtirish qobiliyatiga egasiz. Ijtimoiylik – o‘zini do‘stona tutish bilan cheklanmaydi. Bu har qanday vaziyatda ham hissiyotlarni boshqara olishingizni anglatadi. Demak, muvaffaqiyatga erisha olasiz.
Yangi tajribaga nisbatan ochiqlik
Agar bari qanday tashkil etilgani sizga qiziq bo‘lsa va barcha narsaga tushuntirish izlasangiz, sizning muvaffaqiyatga erishishingiz ehtimoli qiziquvchan bo‘lmagan tengdoshlaringizga nisbatan to‘rt marta yuqoriroq. Bu qisman biror narsani kashf etish imkoniyati paydo bo‘lgandagi taassurot hissi bilan bog‘liq.
Mavzuga oid
07:19 / 03.02.2026
Eng aqlli davlatlar reytingi: IQ bo‘yicha top-10 mamlakat
14:57 / 28.10.2025
35 yoshdan keyin hayotini yangidan boshlagan ayollar - kech emasligining jonli isboti
01:08 / 03.06.2025
Britaniyalik 2 yoshli bola Mensa tarixidagi eng yosh dahoga aylandi
16:51 / 06.01.2025