Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, 3 avgust kuni Toshkent shahar Uchtepa tumanida yashovchi Yu.Ch. qo‘lga olingan.
U qo‘lidagi tselofan paketda 2 kg. 614.96 gr. “marixuana” giyohvandlik moddasini olib ketayotgan vaqtida ushlangani aytilmoqda.