Sport | 18:21 / 13.08.2018
15589
1 daqiqa o‘qiladi

Osiyo o‘yinlari O‘zbekistonda namoyish qilinadimi?

18 avgust kuni Indoneziyada XVIII yozgi Osiyo o‘yinlariga start beriladi.

Unda O‘zbekiston vakillari ham bir necha sport turlarida vatanimiz sharafini himoya qiladilar.

Kun.uz manbasining xabariga ko‘ra, Osiyo o‘yinlarining hech bir musobaqasi O‘zbekiston hududida namoyish etilmaydi. Uning translyatsiya huquqini O‘zbekistonning hech bir kompaniyasi sotib olmagan. 

Xususan, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi ishtirok etadigan futbol turnirini ham katta ehtimol bilan ko‘rmaymiz. Ba'zi manbalarda UzReport kanali futbol musobaqasini yoritishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Hozircha bu xabarlar rasman tasdiqlanmadi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid