Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Facebook 400dan ortiq ilovani blokladi
Mart oyida Cambridge Analytica va Facebook kompaniyasi o‘rtasidagi mojaro yuz bergandi. Bundan xulosa chiqargan kompaniya xodimlari ijtimoiy tarmoqda foydalanuvchilarning shaxsiy daxlsizligiga xavf tug‘dirayotgan 400dan ortiq ilovalarni yopib qo‘ydi. Surishtiruv davomida minglab ilovalar o‘rganildi, deya xabar qilmoqda TASS kompaniya bayonnomasiga asosan.
Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi yangi qoidaga ko‘ra, agar foydalanuvchi 90 kun ichida dasturga kirmasa, u haqida ma'lumot ololmaysiz. myPersonality ilovasi endi faoliyat ko‘rsatmasligi aytilmoqda. Ijtimoiy tarmoq vakillari boshqa foydalanuvchilar haqida aynan shu ilova orqali bilib olishayotgan ekan. Hozirgi paytda myPersonalityda 4 mln.ga yaqin inson ro‘yxatdan o‘tgan. Undagi ma'lumotlar boshqa kompaniyalarga sotilish xavfi katta.
Mart oyida The New York Times nashrida Facebookning Cambridge Analytica kompaniyasi ijtimoiy tarmog‘i ma'lumotlarini chiqarib yuborganligi haqida xabar qilingandi. Bu yerda gap 87 mln foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlari to‘g‘risida ketmoqda. Aprel oyida kompaniya rahbari Mark Tsukerberg AQSh Kongressining ikki marta eshituvlarida qatnashishiga to‘g‘ri kelgandi. U qonun chiqaruvchilarga bundan keyin kompaniya foydalanuvchilar shaxsiy ma'lumotlariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishini aytdi.
Mavzuga oid
15:21 / 13.03.2026
Rossiya hududlariga Telegram bloklanishiga tayyorgarlik ko‘rish buyurildi
11:21 / 25.10.2025
Yevrokomissiya TikTok, Facebook va Instagram’da qonunbuzarliklarni aniqladi
09:15 / 09.10.2025
AES blokining ehtimoliy xavfsizlik tahliliga qo‘yiladigan talablar belgilandi
22:04 / 07.10.2025