Jamiyat | 14:18 / 24.08.2018
27501
2 daqiqa o‘qiladi

Milliy taomlar kafesida pichoqbozlik: ayol erkakni pichoqladi

Illyustrativ foto

Bu hodisa Surxondaryo viloyatida ro‘y berdi.

21 avgust kuni Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida, Sariosiyo tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Z.R. milliy taomlar kafesida o‘zaro janjal oqibatida tanishi Sh.S.ga pichoq bilan zarba bergan.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, Sh.S. kasalxonaga olib borilgan, Z.R. ushlangan.

Bu ichki ishlar organlari tomonidan qayd etilgan yagona hodisa emas.

21 avgust kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida K.K. uyida, oilaviy janjal paytida, mast holda bo‘lgani holda birga yashovchi qarindoshi Sh.K.ning ko‘kragiga pichoq bilan urgan. Ta'kidlanishicha, jabrlanuvchini kasalxonaga olib ketishgan, hujum qilgan shaxs qo‘lga olingan.

Toshkent viloyatida yana bir hodisa yuz berdi. 22 avgust kuni Bo‘stonliq tumanida R.T. o‘z tanishi A.F. bilan spirtli ichimlik ichib, yuzaga kelgan janjal paytida unga pichoq bilan jarohat yetkazgan. Natijada A.F. kasalxonaga yotqizilgan, R.T. ushlangan.

Ichki ishlar vazirligining ma'lumotlariga ko‘ra, 22 avgust kuni Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida, «Paxtaobod» MFYda yashovchi S.B. uyi oldidagi janjal paytida hamqishlog‘i T.J.ga pichoq bilan zarba bergan. Hodisadan keyin T.J. kasalxonaga yotqizilgan, S.B. ushlangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid