Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MakGregor Nurmagomedovning otasini “qo‘rqoq” deb atadi
Irlandiyalik yakkakurash jangchisi Konor MakGregor rossiyalik raqibi Xabib Nurmagomedovning otasini qo‘rqoq deb atadi.
MakGregor Xabibning otasi Abdulmanop Nurmagomedovga Instagram orqali murojaat qilgan. U o‘z postiga UFC 223 musobaqasi oldidan sheriklari bilan jangchilar avtobusiga hujum qilgan vaqtda olingan Xabibning suratini ilova qilgan.
“Abdulmanop, men seni shundoq ko‘rmoqdaman. Sen o‘rtancha o‘g‘ling kabi soxta hurmat ortiga yashirinasan. Qo‘rqoq”, deb yozgan irlandiyalik.
UFC 223 musobaqasi oldidan MakGregor va Nurmagomedov jamoalari o‘rtasida nizo chiqqan. Nurmagomedov MakGregorning sparring-sherigi Artem Lobovga uning intervyusi bo‘yicha o‘z e'tirozlarini bildirgan. MakGregor bunga javoban klubdoshlari bilan birga musobaqa jangchilari va Xabib bo‘lgan avtobusga hujum qilgan.
Nurmagomedov va MakGregor o‘rtasida 6 oktabrda Las-Vegasda UFC 229 musobaqasi doirasida uzoq vaqtdan beri kutilayotgan jang bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
08:00 / 26.11.2019
Xabib Nurmagomedov keyingi jangini Toni Fergyusonga qarshi o‘tkazadi
00:44 / 18.09.2019
Xabib Nurmagomedov faoliyatini yakunlagach kim bo‘lmoqchiligini aytdi
21:36 / 15.09.2019
Nurmagomedov Porega bergan va'dasi ustidan chiqdi
21:40 / 10.09.2019