Jamiyat | 15:39 / 25.08.2018
5126
1 daqiqa o‘qiladi

Muqaddam sudlangan shaxs firibgarlik qilib, qayta jinoyatga qo‘l urdi

Foto: Depositphotos

Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

24 avgust kuni shu tumanda yashovchi N.R. IIBga murojaat qilib, unda shu yil 10 iyun kuni Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida yashovchi  muqaddam sudlangan A.S. aldov yo‘li bilan undan umumiy qiymati 31 mln so‘mlik list qurilish mollarini olib, pullarini bermasdan o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborganligini ma'lum qilgan. 

Holat yuzasidan A.S. qo‘lga olingan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid