Sport | 18:30 / 29.08.2018
10282
2 daqiqa o‘qiladi

Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston yengil atletikada kumush medal oldi

Foto: Anvar Ilyasov

O‘zbekiston yengil atletika jamoasi Osiyo o‘yinlarida mamlakat delegatsiyasiga yana bir kumush medal qo‘shib qo‘ydi.

Yengil atletikaning uch hatlab sakrash mashqlarida Ruslan Qurbonov kumush medalni qo‘lga kiritdi. U finalda 16,62 m natija ko‘rsatdi va o‘z natijasini yaxshiladi.

Bu O‘zbekiston terma jamoasi sportchisi ilk marotaba Osiyo o‘yinlarida erkaklar o‘rtasida uch hatlab sakrash bo‘yicha kumush medalni qo‘lga kiritishi bo‘ldi.

Qayd etish kerakki, bu yo‘nalishda oltin medal O‘zbekistonni umumiy reytingda ta'qib etib kelayotgan Hindiston delegatsiyasi vakili Arpinder Singhga nasib etdi (16,77). Endilikda Hindiston oltin medallari soni 10taga yetgan. Bronzani esa xitoylik Chao Shuo oldi (16,56).

Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi kumush medallar soni 16taga yetdi. Ayni vaqtda O‘zbekiston jami 43ta - 11 oltin, 16 kumush va 16 bronza jamg‘argan holda umumiy reytingda sakkizinchi o‘rinda joylashgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid