Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shayxontohur tumanida deputat tashabbusi bilan xayriya tadbirlari o‘tkazilmoqda
Xalq deputatlari Toshkent shahar Shayxontohur tuman kengashi deputatlari O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 27 yilligi arafasida tuman aholisi bilan uchrashuvlar tashkil etmoqda. Xususan, deputat Lutfulla Ubayevning kecha, 29 avgust kuni Ipakchi mahalla fuqarolar yig‘ini faollari va mahalla ahli bilan uchrashuvida mahalla aholisining ijtimoiy ahvoli o‘rganib chiqildi. O‘rganish jarayonida uyma-uy kirib, har bir xonadonning turmushidan xabar olindi.

Mustaqillik bayrami arafasida ushbu mahalladagi ijtimoiy va moddiy yordamga muxtoj oilalarga naqd pul ko‘rinishida amaliy yordam berildi. Bundan tashqari, 7 ta oila vakillariga «Davr bank» XATBdan plastik kartalar ochildi va ularga pul tushirilib, moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlandi.


Xalq deputatlari Shayxontohur tuman kengashi a'zolari, jumladan deputat Lutfulla Ubayev ham tuman aholisining yordamga muhtoj qatlamini o‘rganish, ularga zarur yordamni ko‘rsatish borasidagi sa'y-harakatlarini bundan buyon ham davom ettiradi.





Mavzuga oid
10:11 / 08.04.2026
“Mening bog‘im” loyihalariga deputatlar aralashuvi kuchaytiriladi
18:21 / 18.02.2026
Deputat so‘roviga vaqtida javob bermagan amaldorlar bilan prokuratura shug‘ullanadi
09:09 / 17.02.2026
Shayxontohurda Beltepa ko‘chasidagi xonadonda yong‘in: jabrlanganlar yo‘q
16:19 / 07.02.2026