Jamiyat | 13:13 / 30.08.2018
20059
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Bu yo‘lning oxirgi marta qachon ta'mirlanganini ko‘pchilik eslay olmadi

Kun.Uz xodimlari Namangan viloyatiga tashrifi chog‘ida ajoyib-u g‘aroyib yo‘ldan harakatlanishga to‘g‘ri keldi. U Uchqo‘rg‘on tumani Yangiobod mahallasidan o‘tadi. Albatta buni yo‘l deb bo‘lsa!

Ma'lum bo‘lishicha, bu yo‘l yoqasida 22- va 23-maktab ham bor. Fuqarolar esa, yo‘lning qachon ta'mirlanganini ayta olishmadi. Shoshilinch chaqirilgan tez tibbiy yordam yoki o‘t o‘chirish mashinalari o‘z vaqtida kelishning umuman iloji yo‘q. 

O‘ylaymizki, mazkur muammo tez orada ijobiy hal etiladi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid