Jamiyat | 20:23 / 03.09.2018
4900
1 daqiqa o‘qiladi

Muqaddam sudlangan shaxs “Damas” bahonasida firibgarlik qildi

Illyustrativ foto

Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

2 sentabr kuni IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, Andijon viloyati Baliqchi tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan R.J. shu yil 12 may kuni Zarafshon shahrida yashovchi I.R.ga Toshkent shahar Sergeli tumanida joylashgan “Yangi Sergeli avto” MChJ bozoridan “Damas” avtomashinasi olib berishlikni va'da qilib, aldov yo‘li bilan undan 51 mln 500 ming so‘m pulini olgan va shu kunga qadar bergan va'dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyoji yo‘lida ishlatib yuborgan. 

R.J. qo‘lga olingan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid