Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kaliforniya 2045 yilgacha atmosferaga chiquvchi uglerod chiqindilarini qisqartiradi
Kaliforniya shtati gubernatori elektr energiya ishlab chiqaruvchilariga atmosferaga chiquvchi uglerod dioksid chiqindilarini nolgacha qisqartirish majburiyatini yuklovchi farmonni imzoladi. Qonundan maqsad - 2045 yilgacha shtatning atmosferadagi uglerod dioksid balansiga ta'sirini yo‘qqa chiqarish, deb yozadi Ars Technica.
Kaliforniya — elektr energiya ishlab chiqarishda uglerod dioksid chiqindilarini nolgacha qisqartiruvchi qonunni qabul qilgan eng aholisi ko‘p shtat. Shtatdagi korxonalarning aksariyati elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun ko‘mirdan tabiiy gazga o‘tdi.
AQSh Energetika vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, gazdan 1 mDj energiya ishlab chiqarishda atmosferaga 13,7 g SO2 chiqadi, ko‘mirdan esa - 24 g. Biroq uglerod dioksidini qazib olish va tashishda tez-tez gaz sizib ketishi holatlari kuzatiladi, moddaning asosiy komponenti - metan - Yerni uglerod dioksididan kuchliroq qizitadi.
Bu yaqin yillarda Kaliforniyada shamol, geliotermik va geotermal elektr stansiyalari qurilishi faollashishidan darak beradi, deyiladi manbada.
Mavzuga oid
20:25 / 06.06.2026
Kalamushlar, yoqimsiz hid va yillab davom etayotgan muammo: Mirzo Ulug‘bek tumanidagi mahalla ahli yechim kutayotgan holat
18:26 / 20.05.2026
3 qurbon va «nafrat jinoyati» - Kaliforniya Islom markazidagi otishma tafsilotlari
00:10 / 25.04.2026
AQShda 60 metr balandlikdan yiqilgan ayol tirik qoldi
13:07 / 24.01.2026