Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Milliy» stadioniga yangi direktor tayinlandi
Toshkentdagi «Milliy» stadioniga yangi rahbar tayinlandi.
O‘FA matbuot xizmati xabariga ko‘ra, stadion binolari va inshootlaridan foydalanish direksiyasi rahbari lavozimiga Kozim O‘rinboyxo‘jayev tayinlangan.
Ma'lumot o‘rnida, Kozim O‘rinboyxo‘jayev 1986 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U O‘zbekiston milliy universitetining Ijtimoiy-siyosiy fanlar va Iqtisodiyot fakultetlarini tamomlagan.
Eslatib o‘tamiz, qurilganidan buyon «Bunyodkor» nomi bilan atab kelingan stadion iyun oyi boshida O‘FA ijroqo‘mi qarori bilan hozirgi nomini olgan edi. Unda O‘zbekiston milliy va olimpiya terma jamoalarining uy o‘yinlarini o‘tkazish belgilab qo‘yilgan. «Milliy» stadion, shuningdek, O‘zbekiston kubogining yuqori darajadagi o‘yinlariga, xalqaro darajadagi futbol bahslariga ham mezbonlik qiladi. U mamlakatning bosh arenasiga aylantirilgan.