Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazm shakar zavodining yangi egasi aksiyadorlik jamiyati nomini o‘zgartirmoqchi
Xorazm shakar zavodi nomi o‘zgartiriladi, bundan kompaniya veb-saytida e'lon qilingan ma'lumot dalolat bermoqda.
18 sentabr kuni «Xorazm Shakar» AJ QK aksiyadorlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Kun tartibidagi masalalardan biri - nom o‘zgarishi.
Muhokama etilishi rejalashtirilgan boshqa masalalar ichida jamiyat nizomini yangi tahrirda tasdiqlash, yangi ijro etuvchi tuzilma, yangi ichki qoidalar, kuzatuv kengashining yangi tarkibi va yangi taftish komissiyasini tasdiqlash kabilar bor.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda yashovchi fuqaro Xorazm shakar zavodining 99,4 foiz aksiyalari egasiga aylangani xabar berilgandi.
Respublika fond birjasi ma'lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahrida yashovchi A.R.Toshev Xorazm shakar zavodining 99,4 foiz aksiyalari egasiga aylangan.
Mavzuga oid
11:40 / 08.06.2026
Toshkent va Xorazmda yirik giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi
09:23 / 28.04.2026
«Urganch-1» suv ko‘taruvchi nasos stansiyasi yangilanadi – Saida Mirziyoyeva
21:46 / 27.04.2026
Saida Mirziyoyeva Xorazmda prezident qarorlari ijrosini o‘rgandi
13:44 / 20.04.2026