Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Investitsiya loyihalari yangi qoidalar bo‘yicha amalga oshiriladi
Prezidentning 11.09.2018 yildagi «Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori imzolandi.
Hujjat bilan Hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish komissiyasi, shuningdek tegishli hududiy guruhlar tashkil etildi. Bu biznes va investitsiya loyihalarini amalga oshirish shart-sharoitlari va tartibida o‘z aksini topdi, deb yozadi Norma.
Birinchidan, bo‘sh turgan davlat mulki obektlari va yer uchastkalari ularda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha majburiyatlarni, tadbirkorlik sub'yektlarining aniq investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarini ko‘rsatgan holda auksion savdolariga qo‘yiladi.
Yangi hujjat talablariga muvofiq o‘tkaziladigan elektron auksionni o‘tkazishning umumiy muddati, istisno tariqasida, «E-IJRO AUKSION» elektron savdo maydonchasida amalga oshiriladigan barcha tartib-taomillar bilan birga 10 kundan oshmasligi lozim.
Obektlar yoki yer uchastkalari auksion g‘olibiga 1 yilgacha muddatda oldindan zaxiraga olish shartlarida (loyihaning murakkabligidan kelib chiqib, muddatini uzaytirish imkoniyati bilan) keyinchalik investitsiya shartnomasida ko‘rsatilgan shartlar bajarilganidan so‘ng egalik va foydalanish huquqini rasmiylashtirgan holda beriladi. Majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, zaxiraga olish bekor qilinadi, investorning xarajatlari esa qoplanmaydi.
Ikkinchidan, hududlar kesimidagi salohiyatli loyihalar YaIDXPda, hokimliklarning veb-saytlarida va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtiriladi, televideniyeda e'lon qilinadi.
Uchinchidan, tadbirkorlik sub'yektlari salohiyatli loyihalarni tanlashda Davlat xizmatlari markazlariga yoki bevosita hududiy guruhning ishchi organiga murojaat qilishi mumkin, u yerda tegishli hujjatlar hududiy guruhning ishchi organiga yuboriladi.
To‘rtinchidan, hududiy guruhlar, zarur hollarda, tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini amalga oshirish uchun salohiyatli xorijiy investorlarni izlash va topish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega. Buning uchun ular O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalarini jalb etgan holda xorijga chiqishlari hamda xalqaro investitsiya forumlari va konferensiyalarda ishtirok etishlari mumkin.
Mavzuga oid
13:37 / 02.06.2026
Kimyo sanoatida 2,8 mlrd dollarlik loyihalar amalga oshiriladi
20:39 / 11.04.2026
Xonandalar to‘lagan soliqlar keskin kamaygani ma’lum bo‘ldi
07:33 / 21.02.2026
Kelajak shakli: Xitoyda 2026 yilda bitadigan 12 yirik loyiha
16:05 / 28.01.2026