Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Umid Ahmadjonov: «Ishontirib aytamanki, Tokio Olimpiadasida yangi nomlarni ko‘rasiz»
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov Indoneziyada o‘tgan Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan faxriy sportchilar, xususan Anton Fokin, Vadim Menkov va Oksana Chusovitina haqida fikr bildirib, ularning Tokio-2020 Olimpiadasida ham ishtirok etishlari uchun sharoitlar yaratib berilishini ta'kidladi.
«Siz sanab o‘tgan sportchilarning har biri o‘zbek sporti tarixida o‘chmas iz qoldirgan va biz buni yuksak qadrlaymiz. Indoneziyada biz tajriba va yoshlik shijoatini uyg‘unlashtirishga harakat qildik va buni uddalay oldik, deb o‘ylayman.
Agar Tokio 2020 Olimpiya o‘yinlariga qadar ana shunday yuksak sport formasini ushlab tura olishsa, biz bu sportchilarimizning Olimpiadada ishtirok etishlari uchun barcha kerakli sharoitlarni yaratib berishga tayyormiz.
Shu bilan birgalikda, ushbu sportchilarimizni kelajakda ustozlik rolida ko‘rish istagimiz bor. Maqsadimiz ularni murabbiylik ishiga jalb qilib, ulkan tajribasidan foydalanish, yosh avlod tarbiyasini ularga ishonib topshirish va o‘zlariga o‘xshagan haqiqiy professional yulduzlarni yetishtirib berishlarini ta'minlashdan iborat», - degan Ahmadjonov O‘zA`ga bergan interyusida.
«Zaxira masalasiga kelsak, sizni ishontirib aytamanki, Tokio Olimpiadasida bir necha yangi nomlarni ko‘rasiz. Bu borada hozir katta hajmda ish olib borilmoqda. 6 oktabr kuni Buenos-Ayresda start oladigan III o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari ham ko‘p narsaga oydinlik kiritib berishi kerak», - deya qo‘shimcha qilgan MOQ prezidenti.
Umid Ahmadjonov Osiyo o‘yinlarida qaysi sport turlaridagi natijalar uni qoniqtirgani, qaysilari xafsalasini pir qilgani haqida ham aytib o‘tgan.
«Ba'zi sport turlarida terma jamoamiz a'zolari kutilgan natijalarni ko‘rsata olishmadi. Masalan jiu-jitsu, penchak silat, o‘q otish, suv sporti turlari, qilichbozlik, triatlon kabi sport turlaridan ham medallar kutgandik. Lekin quvonarlisi shundaki, ushbu kemtik joylarni olimpiya sport turlarida vakillarimiz ko‘plab medallarga ega chiqib to‘ldirib berishdi.
Boks, sport kurashlari, taekvondo WTF, baydarka va kanoeda eshkak eshish, og‘ir atletika, yengil atletika, akademik eshkak eshish, tennis, karate, dzyudo, badiiy va sport gimnastikasi kabi sport turlari ana shular jumlasidandir. Albatta, ular qatorida milliy sportimiz kurash alohida e'tirofga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, musobaqada sambochilarimiz ham barchamizni xursand qilishdi», - degan O‘zbekiston sporti rahbari.
Mavzuga oid
19:51 / 03.09.2021
Yaponiya bosh vaziri iste'foga chiqadi. Sabablardan biri - Tokio Olimpiadasi
17:26 / 13.08.2021
Olimpiada sovrindorlari murabbiylari va barcha ishtirokchilarga ham pul mukofoti beriladi
16:22 / 13.08.2021
Prezident xorijdan legioner sportchi olib kelish tajribasi o‘zini oqlamayotganini aytdi
12:32 / 12.08.2021