Jahon | 09:49 / 19.09.2018
4432
1 daqiqa o‘qiladi

KXDR va Janubiy Koreya qo‘shma harbiy bitimni imzoladi

Foto: REUTERS

Pxenyanda KXDR yetakchisi Kim Chen In va Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In muzokaralarning ikkinchi bosqichini yakunladi.

Ta'kidlanishicha, uchrashuv yakunlari bo‘yicha har ikki mamlakat mudofaa vazirlari harbiy sohadagi bitimni imzolashdi. Shu bilan birga, marosimda mamlakatlar yetakchilari ham ishtirok etgan.

Aniqlik kiritilishicha, bunga qadar Kim Chen In va Mun Chje In yopiq eshiklar ortida muloqot o‘tkazgan.

Avvalroq, Pxenyanda KXDR hamda Janubiy Koreya yetakchilari o‘zaro muzokaralarining ikkinchi kuni boshlangani xabar berilgandi. 19 sentabr kuni KXDR va Koreya Respublikasi o‘rtasida muzokaralarning ikkinchi kuni start oldi. Davlat rahbarlari uchrashuvi ushbu tashrif davomida Mun Chje In to‘xtagan, yuqori darajali mehmonlarga mo‘ljallangan «Pekxvavon» qarorgohida bo‘lib o‘tdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid