Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahar hokimligi aholi muammolari yechimi borasida yanada faolroq ishlaydi
Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Elbek Shukurov hokimlik poytaxt aholisi muammolarini hal qilish uchun bor kuchini safarbar qilishini aytdi.
«Biz shaharda qator muammolar borligini bilamiz. Ularni birdaniga hal qilishning imkoni yo‘qligini ham tushunamiz, ammo jamoamiz bu muammolarni yechish uchun bor kuchini ishga soladi», – dedi Shukurov o‘zining Facebook sahifasidagi videomurojaatida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hokimlik jamoasi ish olib borish uchun uchta tamoyilni belgilab olgan. Bu shaffoflik, halollik va Toshkent aholisining manfaatlaridir. Shukurov ma'muriyat ijtimoiy sohadagi muammolarni o‘rganishga kirishganini, shundan so‘ng ularni yechish bo‘yicha strategiya ishlab chiqarilishini bildirdi.
«Internetda, ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinayotgan dolzarb muammolar mavjud. Masalan, daraxtlar kesilishiga qarshi kurash. Aytish joizki, bu masalani Toshkent hokimi o‘z nazoratiga olgan. Biz daraxtlarning noqonuniy kesilishiga qarshi kurash strategiyasini ishlab chiqyapmiz», – dedi Shukurov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hokimlik oktabrda daraxt ekish aksiyasi o‘tkazilishini e'lon qiladi.
Mavzuga oid
16:55
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25
Toshkentda eng ko‘p aholi savdo sohasida band
11:40 / 08.06.2026
Toshkent va Xorazmda yirik giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi
09:10 / 07.06.2026