Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya va KXDR Olimpiada o‘yinlarini birgalikda o‘tkazmoqchi
Koreya Respublikasi va KXDR 2032 yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlarini birgalikda o‘tkazish uchun ariza topshirishni mo‘ljallamoqda. Bu haqda TASS xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu haqda Pxenyanda Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In va KXDR yetakchisi Kim Chen Inning joriy yildagi hisob bo‘yicha uchinchi sammiti yakunlari bo‘yicha deklaratsiyada aytilgan.
«2032 yilda Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish uchun qo‘shma ariza topshirish haqidagi kelishuvga erishildi», - deyiladi hujjatda.
Shuningdek, ta'kidlanishicha, mamlakatlar Tokiodagi 2020 yilgi o‘yinlarga birlashgan jamoalarni yubormoqchi, bu birinchi shunday tajriba bo‘lmaydi. Pxenchxandagi Olimpiadada KXDR va Janubiy Koreya terma jamoalari delegatsiyalari yagona Koreya bayrog‘i ostida ochilish marosimidagi sportchilar paradida ishtirok etishdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy va Janubiy Koreya yadro quroli bo‘yicha muhim kelishuvga erishgandi.
Mavzuga oid
20:27
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
19:26 / 06.05.2026