O‘zbekiston | 19:25 / 21.09.2018
3919
2 daqiqa o‘qiladi

Farmatsevtika sohasida litsenziyalanadigan faoliyat turlari qisqartirilishi mumkin

Qonun hujjatlari ta'sirini baholash tizimi portalida «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunning 16-moddasiga kiritiladigan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar loyihasi muhokama qilinmoqda.

Norma’ning yozishicha, mazkur Qonunga, shuningdek Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxatiga muvofiq, farmatsevtika faoliyati litsenziyalanishi lozim. Biroq aynan qanday biznes-operatsiyalar uchun maxsus ruxsatnomalar talab etilishi 2 ta qonunosti hujjatda aniqlashtirilgan:

• Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom;

• Farmatsevtika faoliyatini (dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish bundan mustasno) litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom.

Loyihaga muvofiq, farmatsevtika faoliyatining 7 ta turidan 2 tasi bo‘yicha litsenziyalarni bekor qilish taklif etilmoqda:

Tuzatishlar Prezidentning 11.04.2018 yildagi PF-5409-son Farmoni ijrosiga qaratilgan.

Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid