Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“O‘zbekneftgaz” va Mitsubishi birgalikda ishchi guruh tuzadi
Joriy yilning 25 sentabr kuni “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi Bahrom Ashrafxonov Mitsubishi korporatsiyasining bosh vitse-prezidenti, kompaniyaning mintaqaviy ijrochi direktori o‘rinbosari Kazuo Inada bilan uchrashdi. Bu haqda Kun.uz’ga “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati xabar berdi..
Mitsubishi korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan uskuna va jihozlarning yuqori sifat va qulayligi “O‘zbekneftgaz” AJ mutaxassislariga yaxshi ma'lum.
Uchrashuv davomida shular ta'kidlandiki, Mitsubishi Korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan kompressor uskunalar Sho‘rtan GKMda 20 yilga yaqin muvaffaqiyat bilan foydalanib kelinmoqda. Kompaniya uskunalarining ishonchliligi va yuqori ishlash ko‘rsatkichlarini inobatga olgan holda, GTL loyihasi doirasida kompressor uskunalarini yetkazib berish masalasi o‘rganib chiqildi.
“O‘zbekneftgaz” AJ yaponiyalik hamkorlarni Boston Consulting Group bilan birgalikda 2030 yilgacha neft va gaz sanoatini rivojlantirish Kontseptsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirdi. Mazkur konsepsiyaning ustuvor yo‘nalishlaridan biri tabiiy gazni chuqur qayta ishlash bo‘yicha investitsion loyihalarni amalga oshirishdir.
O‘z navbatida, Yaponiyalik mehmon kompaniya “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarda ishtirok etishga qiziqish bildirayotganini aytib o‘tgan.
Kazuo Inada investitsion loyihalarni moliyalashtirish uchun Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) mablag‘larini jalb qilish imkoniyatlari bilan ham tanishtirdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar neft va gaz sohasidagi hamkorlikka oid aniq takliflarni ishlab chiqish bo‘yicha birgalikdagi ishchi guruh tuzish to‘g‘risida kelishib oldilar.
Mavzuga oid
09:05 / 01.02.2026
Qamoqdagi kattakonlar, antikorrupsiya vertikali va tug‘ilishning pasayishi - hafta dayjesti
11:37 / 19.12.2025
Neft-gaz sohasida kutilgan natijalarga erishilmayapti - Qo‘chqorov
20:28 / 17.12.2025
«O‘zbekneftgaz» Trampga yaqin ekani aytiladigan lobbi kompaniya bilan 5 yillik shartnoma imzoladi
18:59 / 17.12.2025