Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron yadroviy dastur bo‘yicha majburiyatlarini to‘liq bajarmoqda – Lavrov
Eron yadroviy dasturi bo‘yicha birgalikdagi harakatlar rejasi bo‘yicha majburiyatlarini to‘liq bajarmoqda va Moskva bu kelishuvni saqlab qolish uchun barcha ishni qiladi, deb aytdi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.
Lavrov BMT Bosh assambleyasida Koreya yarimorolini yadroviysizlantirish ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatmaslik sohasida jahon hamjamiyati oldida turgan vazifalardan biriligini ta'kidlab o‘tdi.
Lavrovning aytishicha, Koreya yarimorolidagi tinchlik jarayonlarini rag‘batlantirish lozim.
“Rossiya-Xitoy yo‘l xaritasiga monand rivojlanayotgan, Koreya yarimoroli atrofidagi vaziyatning ijobiy dinamikasini qutlaymiz. Bu jarayonni tomonlarning bir-biriga peshvoz chiqishi bo‘yicha qadamlar va BMT Xavfsizlik kengashi liniyasi bo‘yicha Pxenyan va Seul o‘rtasidagi muhim kelishuvlarni amalga oshirishni stimullash orqali rag‘batlantirish lozim”, deb aytgan Lavrov BMT Bosh assambleyasidagi nutqida.
Lavrov Moskva Shimoli-Sharqiy Osiyoda mustahkam tinchlik va xavfsizlikni yaratishga qaratilgan ko‘p tomonlama jarayonni boshlash bo‘yicha ishni davom ettirishini qo‘shimcha qilgan.
Mavzuga oid
09:13
«Bibi, ehtiyot bo‘l, aks holda mutlaqo yolg‘iz qolasan» – Trampning chaqiriqlardan keyin Isroil va Eron to‘xtadi
20:34 / 08.06.2026
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
10:45 / 08.06.2026
Tramp Eron bo‘yicha yangi shartlarni ochiqladi
09:20 / 08.06.2026