Jahon | 11:30 / 30.09.2018
2962
2 daqiqa o‘qiladi

Meksikaning saylangan prezidenti armiyani xalqqa qarshi ko‘llamaslikka va'da berdi 

Foto: AP

Meksikaning bo‘lg‘usi prezidenti Manuel Lopes Obrador armiyani xalqqa qarshi ko‘llamaslikka va'da berdi.

“Tlatelolkoda yoshlarga qarshi qatag‘onning (1968 yil talabalar namoyishining o‘qqa tutilishi) 50 yilligiga 3 kun qolganda men Meksika xalqiga qarshi hech qachon armiyani qo‘llamaslikka va'da beraman”, deb aytgan Lopes Obrador.

Mexikoda 1968 yilda Olimpiada ochilishiga 10 kun qolganda shahardagi maydonlardan birida politsiya bo‘linmalari va maxsus xizmatlarning fuqarolik kiyimidagi agentlari tomonidan talabalar namoyishi ishtirokchilari o‘qqa tutilgan. “Tlatelolkodagi xunrezlik” deb nom olgan bu hujum oqibatida 30 talaba halok bo‘lgan. Mustaqil manbalarga ko‘ra esa qurbonlar soni 300 dan ko‘proqni tashkil qilgan.

Lopes Obrador, shuningdek, hozirda jinoyatchilikka qarshi kurashayotgan armiya, dengiz piyoda qo‘shinlari va federal politsiya negizida milliy gvardiyani tashkil etish rejasini tasdiqlagan. 1 dekabrda o‘z lavozimini bajarishga kirishadigan bo‘lg‘usi prezident mamlakatdagi hozirgi vaziyatda armiyani kazarmalarga qaytarishga hali ertalik qilishini aytgan. “Bu qo‘shinlar kazarmalarga qaytarilishini bildirmaydi. Zo‘ravonlikni qanday to‘xtatishimiz, qotilliklar va o‘g‘riliklar sonini qanday kamaytirishimiz mumkin? Buning uchun armiya va dengiz piyoda qo‘shinlarini boshqacha tarzda, inson huquqlariga ziyon yetkazmagan holda qo‘llaymiz”, deb aytgan Lopes Obrador.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid