Jahon | 12:07 / 02.10.2018
12834
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy AQSh kemasi bilan bog‘liq hodisani izohladi

Foto: Wikipedia

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Janubi-Xitoy dengizida Luyang esminetsining AQSh harbiy-havo kuchlariga qarashli Decatur esminetsi bilan xavfli yaqinlashuvi bo‘yicha hodisaga izoh berdi. Tegishli xabar Xitoy Tashqi ishlar vazirligi veb-saytida joylashtirilgan.

Vazirlikdan ta'kidlashlaricha, Amerika kemasi XXR hukumatining ruxsatisiz Janubi-Xitoy dengizidagi Nansha orollari yaqinidagi suvlarga kirgan. Shu munosabat bilan u yerga Luyang esminetsi yuborildi.

«Xitoy Janubi-Xitoy dengizidagi orollar va unga yondosh suvlar ustidan shubha ostiga olinmaydigan suverenitetga ega», - deyiladi xabarda.

Shuningdek, Xitoy Tashqi ishlar vazirligidan qo‘shimcha qilishlaricha, Xitoy hukumati va ASEAN davlatlarining sa'y-harakatlari tufayli dengizdagi vaziyat barqarorlashishda davom etmoqda, biroq AQSh Janubi-Xitoy dengizi suvlarida «bir necha marta provokatsion harakatlarga o‘tdi».

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh esminetsi va Xitoy kemasining to‘qnashib ketishiga bir baxya qolgani ma'lum bo‘lgandi

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid