Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyalik biatlonchi Olimpiada medalidan qallig‘iga nikoh uzugi yasatdi
Biatlon bo‘yicha Olimpiya o‘yinlarining 3 karra bronza medali sohibi, italiyalik Dominik Vindish o‘zining qallig‘iga antiqa sovg‘a – 2018 yilda Pyongchangda o‘tgan Olimpiadaning sprint musobaqasida qo‘lga kiritgan bronza medalidan yasalgan nikoh uzugini hadya qildi.

Uzuk medal sirtidan olingan qirindilardan yasalgan. Shu bilan birga medalning butligini saqlab qolishga erishilgan.
Vindish uzukning tayyorlanish jarayonini tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirgan.
“Ajoyib ayolga ajoyib uzuk”, deb rolikka izoh qoldirgan 28 yoshli sportchi.
Dominikda ushbu bronza medaldan tashqari, aralash estafetalarda (2014, 2018) qo‘lga kiritilgan yana ikkita bronza medal bor.