Jahon | 16:26 / 08.10.2018
20347
1 daqiqa o‘qiladi

Kreml Ingushetiyadagi vaziyatga munosabat bildirdi

Foto: REUTERS

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, Kreml Ingushetiyadagi vaziyatni diqqatlik bilan kuzatib bormoqda va respublika rahbariyatidan ma'lumotlar olib turibdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilyapti.

«Albatta, biz diqqatlik bilan kuzatib boryapmiz. Respublika rahbariyatidan ma'lumotlar olib turibmiz. Bunday holda, respublika rahbariyati orqali ish olib borilmoqda», - dedi Peskov.

Uning ta'kidlashicha, Kreml uchun mintaqadagi vaziyat qonun doirasida qolishi muhim ahamiyatga ega.

4 oktabr kuni Checheniston va Ingushetiya parlamentlari mintaqalar o‘rtasidagi ma'muriy chegarani mustahkamlash to‘g‘risidagi kelishuvni tasdiqladilar. Bu Ingushetiyada ommaviy noroziliklarga sabab bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ingushetiya birinchi prezidenti namoyishchilarga chaqiriq bilan chiqqandi

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid