Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Umid Ahmadjonov muxlislar dardi va taklifini eshitishga tayyor
O‘zbekistondagi futbol muxlislari bilan yanada yaqin bo‘lish, mamlakatning istalgan chekkasidagi fuqarolar bilan jonli muloqot qilish, ularning fikr va mulohazalarini tinglash, takliflariga quloq tutish maqsadida O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonovning qabulxonasi ochildi. Bu haqda O‘FA sayti xabar beradi.
Har haftaning chorshanba kuni soat 11:00dan 17:00ga qadar har bir futbol muxlisi qabulxonaga tashrif buyurib, o‘zini qiziqtirgan mavzuda O‘FA 1-vitse-prezidentiga murojaat qilishi mumkin bo‘ladi. Umid Ahmadjonov qabulxonaga tashrif buyurgan har bir insonning murojaatini tinglab, o‘sha murojaat bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rilishini shaxsan nazorat qilib boradi.
Bu orqali esa futbolimizda uchrayotgan muammolar, kamchiliklar bartaraf etilib, futbolimizni yanada rivojlantirish, xolislik va shaffoflikni ta'minlash hamda oldimizga qo‘ygan maqsadlarga erishish sari katta qadam tashlanadi.
Manzil: Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 98/A
Telefon: (+99871) 2309058
Mavzuga oid
11:35 / 12.09.2022
Aholi Xalq qabulxonalari orqali rahbarlarga video-aloqa orqali murojaat yo‘llashi mumkin bo‘ladi
21:59 / 09.11.2020
Umid Ahmadjonov BAA futbol assotsiatsiyasiga tashrif buyurdi
09:49 / 10.09.2019
Bosh vazir qabulxonalari qoshida tadbirkorlarning jamoatchilik kengashlari tashkil etiladi
11:48 / 16.08.2019