Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ektor Kuper: «Terma jamoadagi o‘sishni barcha ko‘rdi»
O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper Qatarga (2:0) qarshi o‘rtoqlik o‘yinidan so‘ng, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«O‘yin ajoyib tarzda o‘tdi. Nafaqat natijadan, balki futbolchilarning topshiriqni yaxshi bajarganidan xursand bo‘ldim.
Bizda pressingda oqsash sezilmoqda. Bu jihat ayniqsa Qatar bilan bo‘lgan o‘yinda sezildi.
Jamoaning qarshi hujumdagi o‘yini meni qoniqtirdi. Tartibli o‘yin ko‘rsatar ekanmiz, bizda hujum uchun imkoniyatlar paydo bo‘laveradi.
Terma jamoamizdagi o‘sishni barcha ko‘rdi.
Ikkinchi yig‘inimiz juda ham yaxshi o‘tdi. Jiddiy muammolarga duch kelmadik. Bundan buyon futbolchilarga bo‘lgan talablarni oshirib boramiz.
Terma jamoaning o‘zagi deb hech qaysi o‘yinchilarni ayta olmayman. Hech kim uchun terma jamoada joy kafolatlanmagan. Osiyo kubogi boshlangunga qadar, kimdadir o‘sish bo‘lsa, kimdadir pasayish kuzatilishi aniq.
Men hissiyotlarga berilishimning sababi jahlim chiqqanidan emas balki futbolchilarning faolligini oshirish uchundir», - deb Kuper so‘zlarini keltirmoqda O‘FA sayti.
Mavzuga oid
19:24
O‘zbekiston va Senegal vakillari AQShda qattiq tekshiruvdan o‘tkazildi
02:23
O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib, Niderlandiyaga mag‘lub bo‘ldi
19:11 / 08.06.2026
O‘zbekiston va Niderlandiya milliy jamoalari bir kunda ikkita o‘yin o‘tkazadi
22:26 / 03.06.2026