Sport | 09:46 / 16.10.2018
18344
2 daqiqa o‘qiladi

Xabib Nurmagomedovga Ukraina fuqaroligini berish rad etilgani ma'lum qilindi 

Foto: John Locher/ AP Photo

Rossiyalik yakkakurash jangchisi Xabib Nurmagomedov o‘z vaqtida Ukraina fuqaroligini olmoqchi bo‘lgan. Bu haqda uning amakisi Aleks Nurmagomedov “Sport-Ekspress” nashriga bergan intervyusida ma'lum qildi.   

“Xabib Ukraina fuqaroligini olishi uchun imkoni bor ishni qilganmiz. Biz Ukraina va uning xalqini qadrlaymiz va hurmat qilamiz. Aytishim mumkinki, bundan yaxshiroq xalq yo‘q. Tug‘ilgan joying vataning, deyishadi. Biroq meningcha, senga yaxshi bo‘lgan joy vatandir. Biz Xabibning Ukraina uchun ishtirok etishini rejalashtirgandik, biroq buning uddasidan chiqa olmadik”, deb aytgan Nurmagomedovning amakisi. 

Uning aytishicha, Xabib unga Ukraina fuqaroligi rad etilganidan ranjigan. “U nima uchun pasport berilmayotgani haqida so‘raganda, buni bilmasligimni va hech narsa qila olmasligimni aytganman. U birinchi janglariga Poltavadan uchgan. Kiyevdagi “Combat-DOBRO” klubi uchun ishtirok etgan. Poltavadan Xabibni Rossiyaga jo‘natganmiz”, deb qo‘shimcha qilgan sportchining amakisi.

Ta'kidlanishicha, Xabibning otasi Abdulmanop Nurmagomedov harbiy xizmatni Ukrainada o‘tagan. So‘ngra ukrainalik murabbiy Petr Butriy qo‘lida dzyudo bilan shug‘ullangan hamda dzyudo va sambo bo‘yicha Ukraina chempioni bo‘lgan. Xabibning amakisi Aleks Nurmagomedov esa hozirda Ukrainaning Poltava shahrida yashaydi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid