Sport | 21:17 / 17.10.2018
2755
1 daqiqa o‘qiladi

Eronda ayollarga stadionga kirish yana taqiqlanishi mumkin

Eron bosh prokurori Muhammad Jafar Muntaziriy ayollarni futbol o‘yinlarini tomosha qilish uchun stadionga kiritilishiga qarshi ekanini aytdi.

16 oktabr kuni Tehrondagi «Ozodiy» stadionida Eron va Boliviya (2:1) terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazilgan va unga 100 nafarga yaqin eronlik ayollar kirgan edi.

«Ayollarning stadionga kiritilishiga qarshiman. Biz - musulmon davlatimiz. Ayol kishi stadionga kirib, sport libosini kiygan yarim yalang‘och erkaklarni ko‘radi, natijada gunohkor bo‘ladi. Agar yana ayollarni stadionda ko‘rsam, Tehron prokuroriga topshiriq beraman», — deb Muntaziriy so‘zlarini keltirmoqda Besoccer.

Ayollarning stadionga kiritilmasligi to‘g‘risidagi taqiq Eronda 1979 yili, Islom inqilobidan so‘ng o‘rnatilgan edi. O‘tgan yili yozda mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniy ayollarga stadionlarga kirishi uchun rasman ruxsat bergan edi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid