Sport | 17:30 / 18.10.2018
9499
1 daqiqa o‘qiladi

Arda Turan davlat to‘ntarishiga aloqadorlikda gumonlanmoqda

Foto: globallookpress.com

Istanbul prokuraturasi transfer huquqi «Barselona»ga tegishli bo‘lgan, ijara asosida «Istanbul Beshikshehir» klubida to‘p surayotgan yarimhimoyachi Arda Turan ustidan surishtiruv boshladi.

Marca nashri xabariga ko‘ra, 31 yoshli futbolchi 2016 yilning 16 iyulida Turkiyada davlat to‘ntarishga urinishni sodir etishda ayblanayotgan Fathulloh Gulen bilan aloqadorlikda gumon qilinmoqda.

Shuningdek, Turkiya terma jamoasining sobiq futbolchilari Emre Belezo‘g‘li, O‘qon Buruq va Bulent Qo‘rqmazga nisbatan ham surishtiruv boshlangan.

Avvalroq, Arda Turan tegajog‘liq qilish, noqonuniy qurol olib yurish va tan jarohati yetkazishda ayblangan edi.

Futbolchi tungi klublardan birida turkiyalik qo‘shiqchi Berkay Shahinning rafiqasiga shilqimlik qilgan, shundan so‘ng, uning o‘zi bilan mushtlashib, burnini sindirgan edi. 

Bu jinoyat ishi yuzasidan Turan 12,5 yilga qamalishi mumkinligi aytilgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid