Sport | 20:00 / 20.10.2018
7913
2 daqiqa o‘qiladi

Superliga. «Lokomotiv» «Paxtakor»ni yengib, chempionlik sari dadil qadam tashladi

Superliga 26-turidan o‘rin olgan bir o‘yin yakunlandi. 

«Paxtakor» o‘z maydonida «Lokomotiv» bilan bellashdi va 1:3 hisobida yutqazdi. 

43-daqiqada Anzur Ismailov boshi bilan zarba yo‘llab, «Paxtakor» darvozasini ishg‘ol qildi. 64-daqiqada Marat Bikmayev jarima zarbasidan gol urib, hisobdagi farqni oshirdi. Biroq, «Paxtakor» shu zahoti uni qisqartirdi. 69-daqiqada Farruh Sayfiyev yaqin masofadan «Lokomotiv» darvozasini ishg‘ol qildi. 81-daqiqada Sardor Mirzayev uzoq masofadan chiroyli zarba yo‘llab, yakuniy natijaga nuqta qo‘ydi.

Bu g‘alabadan so‘ng, «Lokomotiv» turnir jadvalida «Paxtakor»dan 6 ochko ilgarilab ketdi va chempionlik sari dadil qadam tashladi.

Superliga, 26-tur
20 oktabr, Toshkent, «Paxtakor» stadioni
«Paxtakor» - «Lokomotiv» 1:3
Gollar:
 Farruh Sayfiyev (69) - Anzur Ismoilov (43), Marat Bikmayev (64), Sardor Mirzayev (81)

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid