Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Everton» g‘alaba qozondi va turnir jadvalida «MYu»ni quvib o‘tdi
«Everton» Angliya Premer-ligasining 9-turida «Kristal Pelas»ni mag‘lubiyatga uchratdi. Liverpuldagi «Gudison Park» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yindagi birinchi golni 87-daqiqada Dominik Kalvert-Lyuin urdi, unga Ademola Lukman golli pas bergandi. Ikki daqiqa o‘tib «irislar» Jyenk To‘sunning aniq zarbasi evaziga hisobdagi ustunlikni oshirdi - 2:0.
Bu g‘alaba «Everton»ga ochkolari sonini 15taga yetkazib, turnir jadvalida «Manchester Yunayted»ni (14 ochko) quvib o‘tgan holda 8-o‘ringa chiqishga imkon berdi, «Kristal Pelas» esa 7 ochkosi bilan 15-o‘rinda joylashgan.
Keyingi turni «Everton» safarda «qizil iblislar» maydonida o‘tkazadi, «Kristal Pelas» o‘z uyida «Arsenal»ni qabul qiladi. Ikki o‘yin ham 28 oktabrga belgilangan.
Angliya chempionati
9-tur
Everton – Kristal Pelas 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 87 Kelvert-Lyuin, 2:0 – 89 Tosun.
Everton – Pikford, Kin, Din, Koulmen, Zuma, Bernard (Tosun, 67), Andre Gomesh (Kelvert-Lyuin, 82), Uolkott (Lukman, 82), Sigurdsson, Risharlison, Guyye.
Kristal Pelas – Xennessi, Tomkins, van Anxolt, Uan-Bissaka, Sako, Milivoyevich, Kuyate, Taunsend, Makartur (Uikxem, 89), Zaa, Shlupp.
Ogohlantirishlar: Guyye (29), Milivoyevich (51), Koulmen (80).

Mavzuga oid
12:36 / 25.11.2025
APLda noodatiy qizil kartochka ko‘rsatildi
16:21 / 14.07.2023
Dele Alli «yorildi». Bolalikda tajovuzga uchragani, ruhiy muammolar, Pochettino va Mourino haqida
18:43 / 31.01.2022
Frenk Lempard – «Everton» bosh murabbiyi
00:36 / 08.09.2020