Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda sportning badminton turi ommalashtiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatda sportni ommalashtirish zarurati to‘g‘risidagi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida poytaxtda Badminton markazi ochilishi kutilmoqda. Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov Badminton federatsiyasi raisi sifatida Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko‘chasidagi yangi badminton markazining ta'mirlash ishlari yakuniy bosqichini ko‘zdan kechirdi.
KUN.UZ muxbirining ma'lum qilishicha, sport majmuasi yaqin 10 kun davomida o‘z eshiklarini ochadi. Binoni ta'mirlash ishlari homiylik mablag‘larini jalb qilish yordamida amalga oshirilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev shu yilning 20 sentabr kuni jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazgan edi. Sohani qayta isloh qilish va jadal rivojlantirish maqsadida davlat rahbari 5 mart kuni "Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmonini imzoladi. Rahbarlarga barcha sport federatsiyalari faoliyatini o‘rganib chiqish vazifasi topshirildi.
Ta'kidlash joizki, badminton sportning eng xavfsiz turlaridan biri bo‘lib, barcha yoshdagi kishilar uchun to‘g‘ri keladi. U jismoniy rivojlanishdan tashqari, fikrlash tezligiga ham ta'sir ko‘rsatadi. Badmintonni bejiz "raketkali shaxmat" deb atashmaydi, zero o‘yin jarayonida sportchi biryo‘la bir necha zarbalarni hisoblaydi. Buning uchun esa mashg‘ulotlar va bellashuvlar jarayonida rivojlanuvchi yuqori tezlikda fikrlash kerak bo‘ladi. Shuning uchun ham respublika miqyosida sportning badminton turini keng targ‘ib qilishga doir ishlar amalga oshirilmoqda.
Mavzuga oid
19:13 / 07.04.2026
Futbol bo‘yicha Superliga o‘yinlari soat 19:00 dan keyin belgilanishi mumkin
19:12 / 07.04.2026
Oliy sport mahorati maktablari o‘rniga «Olimpiya terma jamoalari markazi» tashkil qilinadi
18:34 / 07.04.2026
Ishchilarining sport bilan shug‘ullanishi uchun sharoit yaratgan tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi
18:32 / 07.04.2026