Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh 21 nafar saudiyalikka davlatga kirishni taqiqladi
Qo‘shma Shtatlar hukumati Saudiya Arabistonining 21 nafar vakiliga Amerika vizalarini bekor qildi yoki davlatga kirishni taqiqladi, bu saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi sababli yuz berdi. Bu haqda Reuters Davlat departamenti rasmiy vakili Hizer Nauertga tayanib xabar qilmoqda.
Nauertning ta'kidlashicha, sanksiyalar ostida qolgan saudiyaliklarning «mutlaq aksariyati» AQSh vizalariga ega.
Qo‘shma Shtatlar hududiga kirish taqiqlangan Saudiya Arabistoni vakillarining ro‘yxati ochiqlanmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAV Jamol Qoshiqchi bo‘g‘ib o‘ldirilgani haqida xabar bergandi.
ABC telekanalining nomini oshkor etishdan bosh tortgan saudiyalik amaldorga asosan xabar qilishicha, Jamol Qoshiqchi podshohlikning Istanbuldagi konsulligida «bo‘g‘ib o‘ldirilgan», bu holat u binoni tark etish va yordam so‘rashga uringanidan so‘ng yuz bergan.
Mavzuga oid
18:31
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
15:12
Amerika biznesi O‘zbekiston loyihalariga qiziqishni kuchaytirmoqda - Saida Mirziyoyeva
13:13
Ho‘rmuz yaqinida AQSh armiyasining «Apache» vertolyoti qulab tushdi
10:25