Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mourino muxlislar orasida yashirinib, stadionga kirgani ma'lum bo‘ldi
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 3-turidan o‘rin olgan «Yuventus»ga qarshi o‘yindan oldin, stadionga piyoda borganini aytdi.
«Biz tirbandlik tufayli yo‘lda qolib ketdik. Men piyoda borishga qaror qildim, futbolchilar avtobusda 45 daqiqa o‘tirdilar.
Yoping‘ichni boshimga tashlab, muxlislar orasida ketaverdim, hech kim meni tanimadi. 2 daqiqada stadionga yetib bordim, jamoa esa 45 daqiqa avtobusda o‘tirdi.
«Yuventus»da ham shunday muammo bo‘ldi. Men UYeFA vakilini bu muammo haqida ogohlantirdim, chunki yana bir marta jazolanishni istamaymiz», – dedi Mourino.
Eslatib o‘tamiz, 2-turdan o‘rin olgan «Valensiya»ga qarshi o‘yinda ham shunday holat yuz bergan va «MYu» stadionga yetib kelishga kechikkan edi. O‘yin esa 5 daqiqa kech boshlandi. Shundan so‘ng, UYeFA jamoani 15 ming yevro jarimaga tortdi.
Someone recognised him... 👀pic.twitter.com/oT8ol5UGuc
— Football on BT Sport (@btsportfootball) October 23, 2018
Mavzuga oid
17:44 / 08.06.2026
Peres «Real»ga Joze Mourino bosh murabbiy bo‘lishini e’lon qildi
12:01 / 25.05.2026
«Arsenal» kubok ko‘tardi, «Siti» va «Liverpul» afsonalari bilan xayrlashdi
10:29 / 10.05.2026
«Siti» poygaga qaytdi. Kun o‘yinlari
13:31 / 04.05.2026