O‘zbekiston | 15:51 / 12.11.2018
9994
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahrida «Oqlon» texnologiya parki tashkil etiladi 

Foto: KUN.UZ

Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida «Oqlon» texnologiya parki tashkil etiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining qarorida aytilgan.

Qarorda aytilishicha, O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta'minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziga tegishli bo‘lgan, Shayxontohur tumanidagi bo‘sh turgan yer uchastkasining umumiy maydoni 1,8 gektar bo‘lgan qismi «O‘zsanoatqurilishbank» ATBning investitsiya kompaniyasi — «PSBCapital» MChJga ko‘p tarmoqli «Oqlon» texnologiya parkini tashkil etish uchun ajratiladi.

«O‘zsanoatqurilishbank» va «PSBCapital»ga istisno tariqasida 2019 yil 1 sentabrgacha ko‘p tarmoqli «Oqlon» texnologiya parki hududida obektlarni belgilangan shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etgan holda bir vaqtda loyihalashtirish shartlarida qurish hamda amalga oshiriladigan loyihalar doirasida loyihalash va pudrat tashkilotlarini, shuningdek, asbob-uskunalarni yetkazib beruvchilarni tender (tanlov) savdolari o‘tkazmasdan eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida aniqlashga ruxsat etiladi.

«O‘zsanoatqurilishbank» «PSBCapital» bilan birgalikda 2019 yil 1 sentabrgacha tashkil etilayotgan ko‘p tarmoqli «Oqlon» texnologiya parki hududida sifatli, raqobatbardosh, importning o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish uchun loyihalar tashabbuskorlari jalb etilishini va bankning hamda loyihalar tashabbuskorlarining investitsiyalari kiritilishini ta'minlaydi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid