Rossiya kinosi va teatrining eng baqaloq aktyori Aleksandr Semchev "Starxit"portaliga o‘zining ozish sirini ochdi. Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist naqd 40 kilogramm vazn tashlagan.
![](https://storage.kun.uz/source/3/gzDF5TkDYX-ncD5yOESEyai0czi5w57T.jpeg)
Ozib qolgan aktyorning suratini ko‘rgan muxlislari uni og‘ir kasallikka chalingan deb gumon qilishdi. Ammo 49 yoshli aktyor ularni tinchlantirdi.
— Ozishimning sababi kasallik emas, to‘g‘ri ovqatlanish. Ayni paytga kelib 40 kilogramm vazndan xalos bo‘ldim. Qanday deysizmi? Buxanka non, qovurilgan ovqatlardan voz kechdim, sog‘lom ovqatlanishga o‘tdim, tez-tez, lekin oz-ozdan ovqatlanyapman,— dedi Semchev.
Artistning so‘zlariga ko‘ra, u taom miqdorini kamaytirgan, qaynatilgan tovuq go‘shti hamda sarxil meva-sabzavotlarni ko‘proq iste'mol qila boshlagan.
Aktyor Aleksandr Semchev "Likvidatsiya", "Maroseyka, 12" seriallari va "To‘y", "Saylov kuni" kabi filmlardagi rollari orqali tanilgan.