Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyada bahaybat ho‘kiz so‘yilishdan qutulib qoldi
Avstraliyada Nikers laqabli ho‘kiz katta o‘lchamlari sababli so‘yilishdan qutulib qoldi. BBC News telekanalining ma'lum qilishicha, bahaybat buqa mahalliy “yulduz”ga aylangan.
Meet 'Knickers', an enormous steer who has avoided the abattoirs by being too heavy...
He will instead live out his days in a paddock 🐮
Watch this and more videos from around the world here: https://t.co/ykoGZGdRPI pic.twitter.com/i1mMmzUm37
— Sky News (@SkyNews) 28 noyabrya 2018 g.
Golshtin-friz zotiga mansub buqaning og‘irligi 1,4 tonnani, bo‘yi esa 194 santimetrni tashkil qiladi. G‘arbiy Avstraliyadagi fermada boqiladigan 7 yoshli buqa Avstraliyadagi eng katta buqa hisoblanadi.
Oktyabrda uning egasi, fermer Jyeff Pirson uni auksionda sotishga harakat qilgan, biroq mamlakatdagi birorta kushxona uni eplay olmasligidan xavotir qilib, uni sotib olmagan.
“U boshqa ho‘kizlardan farq qilgan, ulardan biroz yirikroq edi. Biz uning do‘stlarini so‘yishga yuborib turamiz, biroq unga hech qo‘limiz ko‘tarilmagan. Shunda biz “Keling uni qoldiraylik. Uning hech kimga ziyoni yo‘q-ku” degan qarorga keldik”, deb eslamoqda fermer. Uning aytishicha, u ho‘kizni bir yoshligida sotib olgan.
Fermerning ta'kidlashicha, ho‘kiz umrining oxirigacha fermada qoladi.
Buqa o‘zidan bo‘yi ancha pastroq “birodarlari” qurshovida ajralib turgan tasviridan keyin OAV va ijtimoiy tarmoqlar e'tiborini tortgan. Ba'zi foydalanuvchilar hazil tariqasida ho‘kizni basketbolchilar bilan taqqoslay boshlashgan.
Nikers bahaybat o‘lchamlariga qaramay, dunyodagi eng katta ho‘kiz hisoblanmaydi. Ginness rekordlar kitobiga ko‘ra, ayni vaqtda dunyodagi eng katta ho‘kiz Italiyadagi Bellino laqabli ho‘kizdir. Uning bo‘yi deyarli 203 smga yetadi.
Mavzuga oid
22:52 / 29.03.2026
Yonilg‘i narxi oshgani sababli Avstraliyaning ikki shtatida jamoat transporti bepul bo‘ladi
12:00 / 24.03.2026
YeI va Avstraliya bojlarning 99 foizdan ortig‘ini bekor qiladi
15:09 / 15.03.2026
Avstraliyadan boshpana so‘ragan eronlik futbolchilardan 3 nafari vatanga qaytishga qaror qildi
14:29 / 11.03.2026