Jahon | 11:39 / 04.12.2018
8577
2 daqiqa o‘qiladi

Ukrainada G‘arbning harbiy holatni joriy etishdagi o‘rni aytildi

Foto: Flickr

Ukrainalik jurnalist va yozuvchisi Dmitriy Gordonning NewsOne telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qilishicha, Ukrainadagi harbiy holatning amal qilish doirasi hamda muddati g‘arb davlatlari rahbarlarining fikrini inobatga olgan holda tuzatildi.

Uning eslatishicha, Kerch bo‘g‘ozidagi hodisa tufayli Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko harbiy holatni 60 kunga emas, balki 30 kunga joriy qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu davlat rahbari kelasi yilning 31 martida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan prezidentlik saylovlarini kechiktirishni xohlamayotgani bilan bog‘liqdir.

Shuningdek, Gordonning aytishicha, Poroshenkoga bu masala bo‘yicha Germaniya kansleri Angela Merkel va NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg qo‘ng‘iroq qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poroshenko nima uchun Ukraina kemalari Kerch bo‘g‘ozini kesib o‘tganini aytgandi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kemalar ushbu yo‘ldan shu sababdan ketganki, agar ular quruqlikdan olib o‘tilganida, bu Kerch bo‘g‘ozi Rossiyaga tegishli ekanini tan olishni anglatgan bo‘lardi. Prezidentning qo‘shimcha qilishicha, bu «ruslar istilosi» tan olinishini ham bildirardi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid