Sport | 12:30 / 13.12.2018
2923
1 daqiqa o‘qiladi

«Milliy» stadionida muxlislar arenasi ochildi

Toshkentdagi «Milliy» stadionida muxlislar arenasi tashkil etildi. Bu haqda O‘FA rasmiy saytida ma'lum qilingan.

Qayd etilishicha, arenada futbolchi va murabbiylar bilan turli uchrashuvlar o‘tkaziladi, muxlislar o‘rtasida kibersport bo‘yicha musobaqalar tashkil etiladi. Shuningdek, u yerda futbol o‘yinlari translyatsiyalarini katta ekranda tomosha qilish mumkin.

Endilikda muxlislar futbol o‘yinlari bo‘ladigan kunlardan tashqari boshqa kunlarda ham «Milliy» stadiondagi arenaga kelib, do‘stlar davrasida futbol haqida suhbat qurishlari, kiberfutbol turnirlarida qatnashishlari yoki shunchaki virtual tarzda futbol o‘yinlarini o‘ynashlari mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid