O‘zbekiston | 15:04 / 04.01.2019
8761
1 daqiqa o‘qiladi

Lisenziya va ruxsatnomalar berish jarayoni soddalashtiriladi

Foto: Pinterest

O‘zbekistonda litsenziya va ruxsatnomalar berish jarayonini soddalashtirish rejalashtirilgan. Bu haqda 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasida aytiladi.

Qayd etilishicha, 2019 yil 1 mayga qadar tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihada:

litsenziya beruvchi organlar tomonidan litsenziya oluvchilarni majburiy o‘qitish yoki malakasini oshirish tartibini qayta qo‘rib chiqish;

xususiy tadbirkorlik sub'yektlari rahbarlari va xodimlarini tayinlashni   litsenziya va ruxsatnoma beruvchi  davlat organlari bilan kelishish tartibini qayta ko‘rib chiqish nazarda tutiladi.

Ijro uchun mas'ullar - Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq iqtisodiyotda davlat aralashuvi yanada kamaytirilishi xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid