Jahon | 21:33 / 22.01.2019
4551
2 daqiqa o‘qiladi

Davosda Jahon iqtisodiy forumi o‘z ishini boshladi

Foto: EPA

Shveytsariyaning Davos shahrida Jahon iqtisodiy forumi boshlandi. Bu forum butun dunyodagi siyosiy va ishbilarmon doiralarning ko‘plab vakillarini bir joyga to‘playdi.

Qayd etish joizki, BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a'zolari (AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy va Rossiya) 49-forumda mamlakat rahbarlari va bosh vazirlari darajasida taqdim qilinmagan.

Joriy sammit iqlim o‘zgarishi, Yaman va Suriyadagi inqirozlar, populizmning o‘sishi, migratsiya muammosi, nochorlikka qarshi kurash, Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi jarayoni, jahon iqtisodiyoti o‘sishi sekinlashishi va markaziy banklarning kelgusida bo‘lishi mumkin bo‘lgan stagnatsiyaga munosabatiga bag‘ishlanadi. 

AQSh prezidenti Donald Tramp shatdaun, Buyuk Britaniya bosh vazir Tereza Mey esa breksit bilan bog‘liq inqiroz sababli sammitda ishtirok etmaydi.

Yevropa OAVning ta'kidlashicha, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron sammitda ishtirok eta olmasligini Fransiyada uzoq vaqtdan beri tinchimayotgan norozilik namoyishlari bilan asoslagan. 

Sammitda dunyo yetakchilaridan Germaniya kansleri Angela Merkel, Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe, Belgiya bosh vaziri Sharl Mishel va Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru ishtirok etishi kutilmoqda.

Davosdagi sammit 2,5 mingga yaqin ishtirokchini qabul qiladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid