O‘zbekiston | 21:32 / 25.01.2019
7156
2 daqiqa o‘qiladi

"Olimlar shaharchasi": Qibray tumanida Fanlar Akademiyasi obektlari quriladi

Foto: Shutterstock

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligi tomonidan "Olimlar shaharchasi"ning bosh rejasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Hujjat loyihasi muhokama uchun regulation.gov.uz saytiga joylandi.

Unga ko‘ra, Toshkent viloyatining Qibray tumanida joylashadigan "Olimlar shaharchasi"da O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining ilmiy-tadqiqot muassasalari obektlari qurilishi uchun 60,66 gektar yer maydoni ajratilgan.

Fanlar Akademiyasi tomonidan bo‘shatiluvchi davlat mulki obektlari tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq qayta qurilish sharti bilan investorlarga tanlov asosida topshiriladi.

Topshiriladigan va quriladigan obektlar uchun eng yaxshi narx tafovutini taklif qilgan investor tanlov g‘olibi deb topiladi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra investorga topshiriladigan davlat mulki obektlari bo‘yicha mulkdorlik huquqi qurilgan obektlarning ishga tushganidan so‘ng investorga o‘tadi.

Yangi qurilgan binolarga ko‘chirilishi ko‘zda tutilayotgan obektlar ro‘yxati

1. Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti;

2. "Quyosh fizikasi" IIChB fizika-texnika instituti;

3. Xalqaro quyosh energiyasi instituti;

4. Matematika instituti;

5. Botanika instituti;

6. Mikrobiologiya instituti;

7. Bioorganik kimyo instituti;

8. Umumiy va noorganik kimyo instituti;

9. O‘simlik moddalari kimyosi instituti;

10. Polimerlar kimyosi instituti.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid